Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun Orfan dori vositalari roʻyxati eʼlon qilindi
Roʻyxat 129ta dorini oʻz ichiga olgan boʻlib, unda kasalliklarning xalqaro tasnif boʻyicha guruhi, kasallikning nomi va xalqaro tasnif boʻyicha kodi koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi bilan Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan Orfan dori vositalari roʻyxati eʼlon qilindi. Bu haqda Norma nashri xabar qilgan.
Roʻyxat 129ta dorini oʻz ichiga olgan boʻlib, unda kasalliklarning xalqaro tasnif boʻyicha nomi, guruhi va kodi koʻrsatilgan. Jumladan, roʻyxatdan lepra, leyshmanioz, Vilson-Konavalov sindromi, tsitomegalovirusli infektsiya, OIV, bezgak va boshqa kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan dori vositalari nomlari sanab oʻtilgan. Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplamida rasman chop etilganidan (2016 yil, 4 iyul) uch oy oʻtib, kuchga kiradi.
Batafsil: http://oz.sputniknews-uz.com/society/20160705/3212896.html