+998 71 207-08-08

Loyiha haqida

FOM.uz - axborot - savdo platformasi bo’lib, dorixonalar va ulgurji dori savdo kompaniyalari egalari uchun mo'ljallangan.

Farmatsevtika kompaniyalari uchun FOM.uz - bu sizning mahsulotlaringiz assortimenti joylashtirilgan savdo platformasi bo’lib u foydalanishingiz uchun oson va bir nechta qulayliklarga ega. Siz sayt orqali , tez o’z shaxsiy hisobingiz yordamida kompaniyangizni mavqeini ko’tarishingiz, talablarini boshqarishingiz va mijozlar buyurtmalarini band qilishingiz mumkin. Bundan tashqari siz farmatsevtika sohasiga oid yangiliklaridan xabardor bo’lish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Dorixona egalari uchun FOM.uz - kerakli tovarni tezkor va kengaytirilgan holda qidirish, buyurtma jarayonini tezlashtirish va bir vaqtni o’zida bir necha yetkazib beruvchilarni takliflarini ko’rib chiqish imkoniyatini yaratib beradi.

FOM.uz saytidan barcha web-brauzerlari va zamonaviy mobil qurilmalari orqali foydalanishingiz mumkin.