O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi farminspektsiyasi tomonidan 2017 yil 14 iyul kunida dori vositalarni ishlab chiqaruvchi hamda sotuvchi korxonalar uchun seminar uyushtiriladi.

Seminarda qabul qilingan qarorlar bajarilishi va o'rganish ishlari natijalari bo'yicha farmatsevtika faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazish belgilangan. Shuningdek, seminar doirasida MChJ «FOM GROUP» kompaniyasi, masalalarga oid echimlar, ya'ni:

  • Dorixonalarda mijozlarga tovar cheki berilishini yo'lga solish;
  • Farmatsevtika mahsulotlarining ustama narxini nazorat qilish;
  • Dorixonalarda bo'lishi shart bo'lgan dorilar ro'yxatini nazorat qilish

bo'yicha o'z takliflari bilan ishtirok etadi.

Masalarga oid echimlarga qiziqish va qo'shimcha takliflar bildirishni istagan tadbirkorlarni seminarda qatnashishga 14 iyul kuni Samarkand kontsertlar zaliga taklif etamiz!