2016 yil Oʻzbekistonda farmakologiya sohasida umumiy qiymati 120 mln dollar boʻlgan 19 yangi loyiha ishga tushadi. Xlqaro sifat sertifikatlari bosqichma-bosqich olinishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekistondagi farmakologiya soha korxonalari 2016 yilda 14,5 mln dollarlik mahsulotni eksport qilishni rejalashtirigan, "Oʻzfarmsanoat" konserni vakili Sputnik muxbiriga xabar berishiga koʻra. Oʻtgan yil soha eksporti hajmi 11,2 mln dollarni tashkil qildi. Eksport hajmini oshirish yangi dori turlarini ishlab chiqarish evaziga rejalashtirilgan. Dorilarning asosiy qismi mahalliy oʻsimliklar asosida ishlab chiqarilmoqda. “Biz hozir ishlab chiqarayotgan dorilar roʻyxatida 230 xil inʼyektsiya suyuqliklari, 45 turdagi infuziya suyuqliklari, 75 xil antibiotiklar, 3 turdagi vaktsina va zardoblar, 528 xil tabletka va kapsulalar, 307 xil maz va boshqa dorilar bor”, — dedi kontsern vakili. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 7,7 ming dori roʻyxatdan oʻtkazilgan. Ulardan 1,7 mingi Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan va qolgan 6 mingi chet elda ishlab chiqariladigan dorilardir. Ushbu yil Oʻzbekistonda farmakologiya sohasida umiy qiymati 120 mln dollar boʻlgan 19 yangi loyiha ishga tushadi. Xalqaro sifat sertifikatlari bosqichma-bosqich olinishi rejalashtirilgan. © COMMONS.WIKIMEDIA/ CASEY FLESER Oʻzbekiston dorivor oʻsimliklarni eksport qiladi Yangi dorilar ishlab chiqarishning zaruriy asoslaridan biri zamonaviy GMP xalqari sifat sertifikatlari kiritishdir. Buning evaziga oʻzbek farmokologiya mahsulotlariga dunyo bozorlariga osongina yoʻl ochiladi. Xozirgi kunda Oʻzbekistonda GMP standartida ishlovchi 30 korxona roʻyxatdan oʻtgan. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan famratsevtika mahsulotlarini MDH mamlakatlarida, Estoniya, Latviya, Litva, Polsha, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy va Hindiston bozorlarida uchratish mumkin